«ijtimoiy himoya» tegli maqolalar


Harakati cheklangan bolalarga maktabga kelib-ketish xarajatlarining 75 foizi qoplab beriladi
13 dekabr 2024, 15:04

Harakati cheklangan bolalarga maktabga kelib-ketish xarajatlarining 75 foizi qoplab beriladi

O‘zbekistonda harakati cheklangan bolalarni maktabga kelib-ketish xarajatlarining 75 foizini davlat qoplab beradi. Prezident har bir tumandagi bog‘chalarda bittadan inklyuziv ta’lim guruhi ochish, 954 maktabda inklyuziv sinflar tashkil etish bo‘yicha ham topshiriq berdi.

O‘zbekistonda ehtiyojmand aholini bitta ijtimoiy uy-joyga joylashtirishdan voz kechiladi
13 dekabr 2024, 14:27

O‘zbekistonda ehtiyojmand aholini bitta ijtimoiy uy-joyga joylashtirishdan voz kechiladi

Prezident ehtiyojmand aholini bitta ijtimoiy uy-joyga joylashtirishdan voz kechilishini ma’lum qildi. Shavkat Mirziyoyev hozirda 400 ta ko‘p qavatli ijtimoiy uyda 25 ming aholi yashayotgani, lekin ular yaqin qarindoshlari va odatiy yashash sharoitidan ancha uzoqlashib qolayotganini ta’kidladi.

Kambag‘al oilalardagi o‘zi harakatlana olmaydigan odamlarga qarab turish tizimi yo‘lga qo‘yiladi — prezident
13 dekabr 2024, 11:44

Kambag‘al oilalardagi o‘zi harakatlana olmaydigan odamlarga qarab turish tizimi yo‘lga qo‘yiladi — prezident

Shavkat Mirziyoyev kambag‘al oilalardagi o‘zi harakatlana olmaydigan odamlarning 19 mingiga uyida va 4 mingiga kunduzgi qatnov asosida qarab turish yo‘lga qo‘yilishini ma’lum qildi. Bunda xususiy sektor ishtirok etadi va u xizmat ko‘rsatgan kambag‘al oilalar xarajatining 80 foizini davlat qoplab beradi.

2025-yildan kambag‘al oila farzandlarining bog‘cha to‘lovlari qisman qoplab beriladi
13 dekabr 2024, 11:31

2025-yildan kambag‘al oila farzandlarining bog‘cha to‘lovlari qisman qoplab beriladi

2025-yildan oilaviy bog‘cha o‘rinlarining 15 foiziga kambag‘al oila farzandlari qabul qilinadi va to‘lovlari qisman qoplab beriladi. Prezident rektorlarga kambag‘al oiladan jami 4 ming nafar yoshni o‘qitishni topshirdi. Ularning chet tili, IT kabi to‘garaklari xarajatining 80 foizgacha qismi budjetdan to‘lanadi.

Prezident ijtimoiy obyektlar loyihalari nogironligi bor odamlarga moslab ishlab chiqilmaganini tanqid qildi
13 dekabr 2024, 11:12

Prezident ijtimoiy obyektlar loyihalari nogironligi bor odamlarga moslab ishlab chiqilmaganini tanqid qildi

Prezident 2025-yil Investitsiya dasturiga kiradigan 598 ta ijtimoiy obyekt loyihasi nogironligi bor odamlarga moslab ishlab chiqilmagani tanqid qildi. Shavkat Mirziyoyev viloyat, tuman hokimlariga xatolarni to‘g‘rilash bo‘yicha topshiriq berdi.

1-martdan yolg‘iz ona yoki otaga bolalari bog‘chaga borishi uchun moddiy yordam beriladi
22 noyabr 2024, 10:52

1-martdan yolg‘iz ona yoki otaga bolalari bog‘chaga borishi uchun moddiy yordam beriladi

Bolalarni ijtimoiy himoya qilishni yaxshilashga qaratilgan farmon imzolandi. Unga ko‘ra, yolg‘iz ona yoki otaga bolalari bog‘chaga borishi uchun moddiy yordam beriladi. 30 yoshga to‘lgan fuqarolarga oilaviy bolalar uyini tashkil etishga ruxsat etiladi. Homiladorlar uchun “Onalar maskani” xizmati yo‘lga qo‘yiladi.

Oila kambag‘alligi tufayli bolalarni mehribonlik uylariga joylashtirish amaliyoti bekor qilinadi
5 noyabr 2024, 20:31

Oila kambag‘alligi tufayli bolalarni mehribonlik uylariga joylashtirish amaliyoti bekor qilinadi

Prezidentga ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalarni qo‘llab-quvvatlash choralari taqdim etildi. Bolani tarbiyaga berishda oila muhitini saqlab qolishga ustuvorlik beriladi, muassasa so‘nggi chora bo‘ladi. Davlat rahbari bolalarni zo‘ravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish to‘g‘risidagi qonunni imzoladi.

Kambag‘allikni faqat pul tarqatish bilan hal qilib bo‘lmaydi — prezident
11 sentabr 2024, 19:04

Kambag‘allikni faqat pul tarqatish bilan hal qilib bo‘lmaydi — prezident

Kambag‘al oilalarning ishga layoqatli a’zolarida bilim va ko‘nikma kam, bola parvarishi tufayli esa ayollarning 43 foizi ishga bora olmaydi. Prezident kambag‘allikni faqat pul tarqatish bilan hal qilib bo‘lmasligini aytdi va muammo sababi har xil ekan, yechimlari ham alohida bo‘lishi kerakligini ta’kidladi.

Senat “Bolalarni zo‘ravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish to‘g‘risida”gi qonunni ma’qulladi
15 avgust 2024, 14:25

Senat “Bolalarni zo‘ravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish to‘g‘risida”gi qonunni ma’qulladi

Senatorlar “Bolalarni zo‘ravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish to‘g‘risida”gi qonunni ma’qulladi. Zo‘ravonlik shakllariga g‘amxo‘rlik qilmaslik, ekspluatatsiya va bullingni ham kiritish, shuningdek, bolalarni himoyalash tartibini joriy etish va tarbiya jarayonida jismoniy jazolashni taqiqlash taklif etilmoqda.

Kambag‘allik darajasini 3 yil ichida 7 foizga tushirish ko‘zda tutilmoqda. Chora-tadbirlar rejasi
14 avgust 2024, 20:10

Kambag‘allik darajasini 3 yil ichida 7 foizga tushirish ko‘zda tutilmoqda. Chora-tadbirlar rejasi

Kambag‘allikni qisqartirish va ijtimoiy himoya tizimi qayta ko‘rib chiqiladi. Har yili 50 ta mahalla tanlab olinib, kambag‘allik va ishsizlikdan xoli hududga aylantiriladi. Shuningdek, bu hokim yordamchilarining asosiy vazifasiga aylanadi. Ehtiyojmandlarni ishga olgan tadbirkorlarga soliq imtiyozlari beriladi.

Talabalar, nogironligi borlar va urush qatnashchilarining shaxsiy guvohnomalari ijtimoiy kartaga almashtiriladi
23 iyul 2024, 23:31

Talabalar, nogironligi borlar va urush qatnashchilarining shaxsiy guvohnomalari ijtimoiy kartaga almashtiriladi

Davlat tomonidan bir qator ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari ijtimoiy karta orqali amalga oshiriladi. 2025-yil 1-apreldan boshlab nogironligi bo‘lgan shaxs, talaba yoki urush qatnashchisining holatini tasdiqlash aynan shu karta orqali bo‘ladi, tegishli guvohnomalarning qog‘oz shakli bekor qilinadi.

Nogironligi bo‘lgan shaxslarning xavfsiz harakatlanishi uchun qanday choralar ko‘zda tutilmoqda?
10 iyul 2024, 19:32

Nogironligi bo‘lgan shaxslarning xavfsiz harakatlanishi uchun qanday choralar ko‘zda tutilmoqda?

Prezident ijtimoiy himoya sohasiga oid chora-tadbirlar taqdimoti bilan tanishdi. Takliflar orasida nogironligi bo‘lgan shaxslarning xavfsiz harakatlanishi uchun sharoitlarni kengaytirish, jumladan, binolarni ekspertizadan o‘tkazish, chorrahalarni moslashtirib borish, elektron interaktiv xarita yaratish mavjud.

O‘zbekistonda nogironligi bor farzandini parvarishlash nafaqasini olishi mumkin bo‘lgan 33 ming ota-ona imtiyozdan foydalanmayapti
20 fevral 2024, 12:36

O‘zbekistonda nogironligi bor farzandini parvarishlash nafaqasini olishi mumkin bo‘lgan 33 ming ota-ona imtiyozdan foydalanmayapti

Prezident ijtimoiy himoya tizimi bilan 250 ta xizmat qamrab olingan bo‘lsa-da, mahalladagi aholi ularning yarmidan ham xabardor emasligini ta’kidladi. Nogironligi bor farzandini parvarishlash nafaqasini olishi mumkin bo‘lgan 33 ming ota-ona ushbu imtiyozdan foydalangani yo‘q.

O‘zbekiston 2023-yilni qanday o‘tkazdi? Siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy hayotning asosiy voqealari
31 dekabr 2023, 09:00

O‘zbekiston 2023-yilni qanday o‘tkazdi? Siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy hayotning asosiy voqealari

O‘zbekiston 2023-yilda ijtimoiy va dunyoviy davlat maqomini oldi, bolalar va ayollarni zo‘ravonlikdan himoya qilish bo‘yicha ilg‘or qonunni qabul qildi, svetoforlar o‘rnatish va jamoat transportini rivojlantirishga kirishib, shaharlarni insoniylashtirishni boshladi. Yilning boshqa voqealari — “Gazeta.uz” sharhida.

“Mahalla yettiligi” uchun KPI belgilandi
28 dekabr 2023, 15:01

“Mahalla yettiligi” uchun KPI belgilandi

Prezident farmoni bilan “mahalla yettiligi” (sobiq “beshlik”) har bir a’zosining vazifalari belgilab berildi. Ularning faoliyati asosiy samaradorlik ko‘rsatkichlari (KPI) bo‘yicha baholanadi. Hukumatda “yettilik”ni qo‘llab-quvvatlash bo‘limi tashkil etiladi.

“O‘zlashtirmaydigan bola bo‘lmaydi”. YUNISEFning O‘zbekistondagi sobiq rahbari — ijtimoiy himoya va inklyuziya haqida
17 noyabr 2023, 12:31

“O‘zlashtirmaydigan bola bo‘lmaydi”. YUNISEFning O‘zbekistondagi sobiq rahbari — ijtimoiy himoya va inklyuziya haqida

O‘zbekistonda o‘z missiyasini yakunlagan YUNISEF rahbari Munir Mamedzade ijtimoiy faoliyatning ahamiyati va nima uchun ijtimoiy himoya sohasidan tezkor natijalarni talab qilib bo‘lmasligi haqida gapirdi. Shuningdek, u bolalarning bilim olish qobiliyati ular uchun mos muhit yaratishga bog‘liqligini ta’kidladi.

Yolg‘iz keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslar bir yilda kamida bir marta tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi
19 oktabr 2023, 12:30

Yolg‘iz keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslar bir yilda kamida bir marta tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi

Vazirlar Mahkamasi qarori bilan 15-oktabrdan parvarishiga muhtoj bo‘lgan yolg‘iz yashovchi hamda yolg‘iz keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslar bir yilda kamida bir marotaba chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi. Shuningdek, muhtoj aholi murojaatlarini ko‘rib chiqadigan “ishonch telefoni” ishga tushiriladi.

O‘zbekistonda nihoyat Ijtimoiy himoya agentligi tashkil etildi. Uning vazifalari nimalardan iborat?
3 iyun 2023, 10:43 2

O‘zbekistonda nihoyat Ijtimoiy himoya agentligi tashkil etildi. Uning vazifalari nimalardan iborat?

Prezident huzurida Ijtimoiy himoya milliy agentligi tashkil etildi. U fuqarolarning ijtimoiy himoyaga oid huquqlarini ta’minlash va ijtimoiy xizmatlar sifatini tubdan oshirish maqsadida yaratildi. Bandlik vazirligi, SSV, IIV, MMTV va boshqa tuzilmalarning tegishli bo‘limlari agentlikka o‘tdi. Tafsilotlar.

Yolg‘iz keksalar va faxriylarga bepul oziq-ovqat o‘rniga naqd pul beriladi
9 iyun 2022, 10:06

Yolg‘iz keksalar va faxriylarga bepul oziq-ovqat o‘rniga naqd pul beriladi

1941−1945 yillardagi urush faxriylari, shuningdek, o‘zgalar parvarishiga muhtoj bo‘lgan yolg‘iz keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslar bepul oziq-ovqat o‘rniga oyiga BHMning 1 baravari miqdorida qo‘shimcha to‘lov oladi.

Pensionerlar, nafaqaxo‘rlar, kam ta’minlanganlarga bir martalik moddiy yordam ko‘rsatiladi
25 may 2022, 19:53 8

Pensionerlar, nafaqaxo‘rlar, kam ta’minlanganlarga bir martalik moddiy yordam ko‘rsatiladi

Shavkat Mirziyoyev ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarga bir martalik moddiy yordam to‘lash to‘g‘risidagi qarorni imzoladi. Yordam ikki hafta ichida berilishi kerak.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting